"Magic City"da yosh bolalar yoʻqolib qolgani boʻyicha xabarlarga izoh berildi
Ushbu tadbir davomida bolalar yoʻqolganligi haqida ichki ishlar organlariga hech qanday murojaat yoki xabar kelib tushmagan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan mazkur maʼlumotlar asossiz boʻlib, haqiqatni aks ettirmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi "Magic City" istirohat bogʻida Yangi yil archasining ochilish marosimi va gala-konsert davomida yosh bolalar yoʻqolib qolgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Toshkent shahar IIBB maʼlumotiga koʻra, mazkur xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.
Ushbu tadbir davomida bolalar yoʻqolganligi haqida ichki ishlar organlariga hech qanday murojaat yoki xabar kelib tushmagan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan mazkur maʼlumotlar asossiz boʻlib, haqiqatni aks ettirmaydi.
"Shu munosabat bilan fuqarolardan tekshirilmagan xabarlarga ishonib qolmaslik, maʼlumotlarni tarqatishdan avval ularning haqqoniyligini rasmiy manbalar orqali tekshirishni soʻraymiz.
Tasdiqlanmagan va yolgʻon maʼlumotlarni tarqatish jamoatchilik orasida asossiz xavotir va sarosima kelib chiqishiga sabab boʻlishi mumkin.
Ijtimoiy tarmoq faollaridan axborot tarqatishda masʼuliyatli boʻlish, tekshirilmagan xabarlarni tarqatmasliklarini soʻraymiz", deyiladi xabarda.





