Fargʻonada Chery urib yuborgan velosipedchi vafot etdi
Haydovchi yoʻlning belgilanmagan qismidan harakatlanayotgan velosipedchini urib yuborgan. Oqibatda velosipedchi ogʻir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan va u yerda joni uzilgan.

Fargʻonada velosipedchi Chery avtomobili urib yuborishi oqibatida vafot etdi.
Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumanida Chery Tiggo 2 Pro avtomobili haydovchisi yoʻlning belgilanmagan qismidan oʻtayotgan velosipedchini urib yubordi.
Oqibatda velosipedchi vafot etdi. Bu haqda Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, yoʻl-transport hodisasi joriy yilning 13 noyabr kuni soat 20:40 larda Qoʻshtepa tumani Namuna MFY hududidan oʻtuvchi avtomobil yoʻlining 5-kilometrida sodir boʻlgan.
Unda Chery Tiggo 2 Pro rusumli avtomobil haydovchisi yoʻlning belgilanmagan qismidan harakatlanayotgan velosipedchini urib yuborgan. Oqibatda velosipedchi ogʻir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, u vafot etgan.





