platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Toshkentda ikkita yirik xalqaro kiberjinoiy guruh aniqlandi

Birinchi guruh 9000 AQSh dollari evaziga Miroboddagi binoni ijaraga olgan. Ushbu guruhlar tomonidan jami 576 ming AQSh dollari miqdoridagi kripto-aktivlar aylanmasi aniqlangan. 

Toshkentda ikkita yirik xalqaro kiberjinoiy guruh aniqlandi

Toshkentda ikkita yirik xalqaro kiberjinoiy guruh faoliyatiga chek qoʻyildi. Bu haqda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi eʼlon qilgan videolavhada aytiladi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor qidiruv tadbirlari oʻtkazildi. Tadbirlar davomida Mirobod tumani Fargʻona 1-tor koʻchasida joylashgan xonadon koʻzdan kechirilgan. U yerda binoni oyiga 9000 AQSh dollari evaziga ijaraga olib, yashirin faoliyat yuritib kelgan 52 nafar fuqaro qoʻlga olingan. Mazkur guruh Osiyo davlatlarida ommalashgan yashirin onlayn qimor va noqonuniy bukmekerlik oʻyinlari uchun pul mablagʻlarini qabul qilish va tranzaksiyalarni bank kartalariga oʻtkazib berish, yaʼni pul yuvish bilan shugʻullangan.

Xonadondan 110 ming AQSh dollari miqdoridagi naqd pul, 71 ta noutbuk, 278 ta telefon va 3 ta Starlink kosmik internet qurilmasi ashyoviy dalil sifatida xolislar ishtirokida musodara qilingan.

Qayd etilishicha, har ikkala guruhda vazifalar oʻzaro taqsimlangan boʻlib, rahbar, ish boshqaruvchi, operator va qoʻriqchilar faoliyat yuritgan.

Ushbu guruhlar tomonidan 576 ming AQSh dollari miqdoridagi kripto-aktivlar aylanmasi aniqlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi (kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid