Toshkentda gaz bosimi pasaydi, taʼminot 2–3 soatda tiklanadi
Ayni paytda Toshkentga gaz yetkazib beruvchi quvurlarning kirish nuqtalarida bosim oshirilgan.

Toshkentda gaz bosimi pasaydi, taʼminot 2–3 soatda tiklanadi.
Energetika vazirligi xabariga koʻra, poytaxtda gaz bosimining pasayishi bilan bogʻliq holatni bartaraf etish uchun tezkor choralar koʻrilgan.
Ayni paytda Toshkentga gaz yetkazib beruvchi quvurlarning kirish nuqtalarida bosim oshirilgan. Yaqin 2–3 soat ichida gaz taqsimlash tarmoqlarida bosim bosqichma-bosqich koʻtarilib, isteʼmolchilar taʼminoti meʼyorga kelishi maʼlum qilindi.
Vazirlik aholini gaz jihozlarining sozligini tekshirishga va xavfsizlik qoidalariga rioya qilishga chaqirib, yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr soʻradi.





