Toshkentda 300 nafardan oshiq kishida OIV infeksiyasi aniqlandi
Maʼlum qilinishicha, 307 ta holatning 233 tasi (75,9 foizi) jinsiy aloqa orqali yuqish bilan bogʻliq.

Toshkentda 307 odam OIV infeksiyasiga chalindi.
Toshkent shahrida joriy davrda OIV infeksiyasini yuqtirish bilan bogʻliq 307 ta yangi holat qayd etildi. Yangi holatlarning eng koʻpi Bektemir, Mirobod, Uchtepa, Yangihayot, Sergeli, Yashnobod va Yunusobod tumanlarida aniqlangan.
Maʼlum qilinishicha, 307 ta holatning 233 tasi (75,9 foizi) jinsiy aloqa orqali yuqish bilan bogʻliq.
Hozirda poytaxtda OIV infeksiyasi bilan yashayotgan 10 382 nafar fuqaro rasmiy hisobda turibdi. Ularning 5 916 nafari erkaklar, 4 465 nafari ayollar.





