Shohruh Gʻiyosov Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi lavozimidan olindi
U 2019 yil 10 oktabrdan beri ushbu lavozimni egallab kelayotgandi.

Shohruh Gʻiyosov Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “Daryo” nashri xabar berdi.
Aytilishicha, Gʻiyosovning keyingi faoliyati ichki ishlar tizimida boʻlmaydi.
U 2019 yil 10 oktabrda Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshligʻi — ichki ishlar vazirining matbuot kotibi etib tayinlangandi. Gʻiyosov ichki ishlar organlaridagi faoliyatini 1996 yildan boshlab, shu kunga qadar turli lavozimlarda xizmat qilib kelgan.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga rahbarlik qilgan. Yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori ilmiy darajasiga (PhD) ega.





