platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jahon

Rossiyada oʻzbekistonlik ayolning jasadi chamadon ichidan topildi

Aytilishicha, ayol va uning oʻgʻli oʻrtasida janjal kelib chiqqan. Bunga onasining oʻsmirga veyp, yaʼni elektron sigareta chekishni taqiqlagani sabab boʻlgani aytilmoqda. Oʻsmir janjaldan soʻng onasini oʻldirgan, jasadini chamadonga joylashtirib, oʻrmonzor hududga olib borib tashlaganlikda gumonlanmoqda.

Rossiyada oʻzbekistonlik ayolning jasadi chamadon ichidan topildi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Viborg tumaniga qarashli Pargolovo posyolkasida Oʻzbekistonda tugʻilgan ayolning jasadi chamadon ichidan topildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Rossiya Tergov qoʻmitasining Sankt-Peterburg shahri boʻyicha boshqarmasi maʼlumotiga koʻra, mazkur jinoyatni sodir etishda gumonlanib, marhumaning 15 yoshli oʻgʻli qoʻlga olingan.

Rossiya ommaviy axborot vositalari tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, 2 noyabr kuni Yukkovskoye shossesidagi xonadonda 38 yoshli ayol va uning oʻgʻli oʻrtasida janjal kelib chiqqan. Bunga onasining oʻsmirga veyp, yaʼni elektron sigareta chekishni taqiqlagani sabab boʻlgani aytilmoqda.

Dastlabki xabarlarga koʻra, oʻsmir janjaldan soʻng onasini oʻldirgan, jasadini chemodanga joylashtirib, oʻrmonzor hududga olib borib tashlaganlikda gumonlanmoqda.

Maʼlum qilinishicha, marhuma Oʻzbekistonda tugʻilgan boʻlib, Sankt-Peterburgda farrosh boʻlib ishlagan. Uni oxirgi marta 1 noyabr kuni ish joyida koʻrishgan. Shundan soʻng ayol telefon qoʻngʻiroqlariga javob bermay qoʻygan, biroq qarindoshlari bilan yozishmalar davom etgan.

Mazkur xabarlar ayolning singlisida shubha uygʻotgan va u 11 noyabr kuni politsiyaga murojaat qilgan.

Holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi (qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Ayni paytda gumonlanuvchi oʻsmirga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash masalasi koʻrib chiqilmoqda. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid