platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Qibraydagi reabilitatsiya markazida bolalarga devor yuvdirildi

Sogʻliqni saqlash vazirligi bolalar xoʻjalik ishlari boʻyicha mudiraning qarori bilan tozalash ishlariga jalb qilinganini maʼlum qildi. Aybdor xodimlarga nisbatan choralar koʻrilishini maʼlum qilindi. 

Qibraydagi reabilitatsiya markazida bolalarga devor yuvdirildi

12 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Qibray tumanidagi Respublika bolalar tibbiy reabilitatsiya markazida bemor bolalar va oʻsmirlar devorlarni yuvayotgani aks etgan video tarqaldi.

Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova holatni nazoratga oldi. Uning Toshkent viloyati boʻyicha vakili tekshiruv oʻtkazish uchun voqea joyiga bordi.

Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi bolalar xoʻjalik ishlari boʻyicha mudiraning qarori bilan tozalash ishlariga jalb qilinganini maʼlum qildi.

Xizmat tekshiruvining dastlabki natijalariga koʻra, 11 noyabr kuni boʻlimning xoʻjalik ishlari boʻyicha hamshirasi M. A. soat 7:20 da ishga kelgan va tozalikni tekshirayotganida yoʻlak devorlarida oyoq izlarini aniqlagan. Shundan soʻng iz qoldirgan bolalar devorlarni yuvishga jalb qilingan.

Sogʻliqni saqlash vazirligi ishchi guruh tekshiruvi yakunlariga koʻra, aybdor xodimlarga nisbatan choralar koʻrilishini bildirdi.

Reabilitatsiya markazi mart oyida ish boshlagan. Unda asab tizimi kasalliklari, ortopedik buzilishlar, nafas yoʻllari va oshqozon-ichak trakti kasalliklari boʻlgan 18 yoshgacha bolalarga reabilitatsiya xizmatlari koʻrsatiladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid