Diyora Keldiyorova Xorvatiyadagi gran-prida bronza medalni qoʻlga kiritdi
Keldiyorova musobaqada yarim finalga qadar muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Biroq final yoʻllanmasi uchun kechgan bellashuvda vengriyalik Roza Dertyashga imkoniyatni boy berdi.

13 noyabr kuni dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Diyora Keldiyorova Xorvatiyaning Zagreb shahrida boʻlib oʻtayotgan Gran-pri turnirida tatamiga chiqdi.
Bahslar yakunida Diyora Keldiyorova oʻz vazn toifasida bronza medalga sazovor boʻldi.
-52 kg vazn toifasida ishtirok etgan Diyora Keldiyorova musobaqada yarim finalga qadar muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Biroq final yoʻllanmasi uchun kechgan bellashuvda vengriyalik Roza Dertyashga imkoniyatni boy berdi.
Keldiyorova uchinchi oʻrin uchun bahsda Fransiya vakilasi Blandin Ponni ippon bahosi bilan magʻlubiyatga uchratib, musobaqaning bronza medaliga ega chiqdi.




