Aktrisa Barchin Gʻofurova va bloger "Kokosh" qamaldi
Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati Platina.uz’ga ularga chiqarilgan hukm boʻyicha maʼlumot berdi.

Aktrisa Barchin Gʻofurova, "Kokosh" taxallusi bilan tanilgan bloger Komila Abduqodirova hamda Nihola Rajabova ozodlikdan mahrum etildi.
Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati Platina.uz’ga mazkur uch fuqaroga chiqarilgan hukm boʻyicha maʼlumot berdi.
Toshkent shahar sudining apellyatsiya instansiyasi ularni tovlamachilik, tuhmat va haqorat bilan bogʻliq moddalar boʻyicha aybli deb topgan.
Hukmga koʻra, Komila Abduqodirova 3 yil 6 oy muddatga, Barchin Gʻofurova 4 yil, Nihola Rajabova esa 4 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi.
Tayinlangan jazolarni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.
Jabrlanuvchining advokati ijtimoiy tarmoqda eʼlon qilgan xabarga koʻra, voqea «Kokosh»ning jarrohlik amaliyotidan keyin klinika bilan yuzaga kelgan mojarosiga borib taqaladi.





