platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Sport

Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida janjal sabab 6 oyga qamaldi

U gruziyalik Merab Dvalishvili bilan janjallashgan. Usmon yengil vazn toifasidagi  UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning amakivachchasi sanaladi.

Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida janjal sabab 6 oyga qamaldi

Rossiyalik jang ustasi va yengil vazn toifasidagi RFL chempioni Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida sobiq UFC chempioni gruziyalik Merab Dvalishvili bilan ommaviy janjalda ishtirok etgani uchun BAAda olti oyga hibsga olindi.

Abu-Dabi sud departamenti Facebook sahifasida sud mehmonxonadagi janjalda oʻnta ayblanuvchi boʻyicha hukmni eʼlon qildi.

Hibsga olinganlarning sakkiz nafari olti oylik qamoq jazosi va 300 000 dirham ( 81 ming dollardan ortiq) miqdorida jarimaga tortildi. Ular ozod qilingandan soʻng deportatsiya qilinadi.

Ikki kishi ozod qilindi va har biri 50 000 dirham jarimaga tortildi: Dvalishvili va yana bir gruziyalik jangchi Saba Lazishvili.

Usmon Nurmagomedov yengil vazn toifasidagi UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning amakivachchasi sanaladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid