platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Toshkentdagi avtobuslarda chiptasiz yurgan ayrim yoʻlovchilar 10 martagacha jazoga tortildi

Yoʻl haqini toʻlamagan yoʻlovchiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 144-moddasi (transportda chiptasiz yurish) 5-qismiga asosan maʼmuriy jarima qoʻllanadi. 

Toshkentdagi avtobuslarda chiptasiz yurgan ayrim yoʻlovchilar 10 martagacha jazoga tortildi

Toshkentda avtobus yoʻlovchilarining ayrimlari chiptasiz yurgani sabab bir necha marta jarimaga tortilgan. Bu haqda Toshkent shahar transport bosh boshqarmasining maʼlum qildi.

2025 yil oktabr oyidan 2026 yil 10 noyabrga qadar poytaxt avtobuslarida chiptasiz yurish holatlari boʻyicha jami 170 937 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Ushbu davrda javobgarlikka tortilgan shaxslar orasida 22 929 nafar yoʻlovchi ikki va undan ortiq marta jarimaga tortilgan.

Takroran jarimaga tortilgan 22 929 nafar yoʻlovchining:

17 327 nafari — 2 marta;

4033 nafari — 3 marta;

1099 nafari — 4 marta;

461 nafari — 5–9 marta;

9 nafari — 10 va undan ortiq marta javobgarlikka tortilgan.

Ushbu koʻrsatkichlar ayrim yoʻlovchilar bir necha bor jarimaga tortilganiga qaramay, chiptasiz yurish holatlari takrorlanayotganini koʻrsatmoqda.

Yoʻl haqini toʻlamagan yoʻlovchiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 144-moddasi (transportda chiptasiz yurish) 5-qismiga asosan maʼmuriy jarima qoʻllanadi. Unga koʻra, yoʻlovchining shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurishi BHMning 10 dan bir qismi (44 ming soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid