platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev dunyoning eng nufuzli 50 musulmoni qatoriga kirdi

Roʻyxat Iordaniyadagi Qirollik islom strategik tadqiqotlar markazi (RISSC) tomonidan tayyorlangan The Muslim 500 nashrida eʼlon qilindi.

Shavkat Mirziyoyev dunyoning eng nufuzli 50 musulmoni qatoriga kirdi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2027 yil uchun tuzilgan dunyoning 500 nafar eng nufuzli musulmoni reytingida 40-oʻrinni egalladi.

Roʻyxat Iordaniyadagi Qirollik islom strategik tadqiqotlar markazi (RISSC) tomonidan tayyorlangan The Muslim 500 nashrida eʼlon qilindi.

Oʻzbekiston prezidenti avvalgi yillarda ham mazkur roʻyxatdan oʻrin olgan. Biroq 2024–2026 yilgi nashrlarda u aniq oʻrinlar belgilanmagan 450 nafarlik roʻyxatda edi. 2027 yilgi reytingda esa ilk bor eng nufuzli 50 musulmon qatoriga kirdi.

Nashr mualliflari Oʻzbekiston prezidentining faoliyatini bir nechta yoʻnalish boʻyicha baholagan.

Xususan, valyuta islohoti, iqtisodiyotni erkinlashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, savdo aloqalarini kengaytirish va paxtachilikda tizimli majburiy mehnatga barham berilishi qayd etilgan.

Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlarni yaxshilash, mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish va Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi faolligini oshirishga alohida eʼtibor qaratilgan.

Reyting boshidan Saudiya qirollik vakillari, Turkiya va Pokiston rahbarlari, Eron oliy rahbari ham joy olgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid