Qorovulbozorda maktab direktori ishga tiklandi va 82 mln soʻm undirib berildi
Buxoro tumanlararo fuqarolik ishlari boʻyicha sudi viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi buyrugʻini gʻayriqonuniy deb topdi.

Qorovulbozor tumanidagi nohaq tarzda ishdan boʻshatilgan 2-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori ishga tiklandi. MIB matbuot xizmati Platina.uz`ga ish tafsilotlarini ochiqladi.
Buxoro tumanlararo fuqarolik ishlari boʻyicha sudi viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi buyrugʻini gʻayriqonuniy deb topib, daʼvogarni avvalgi lavozimiga tiklash hamda javobgardan 82 mln. 65 ming soʻm ish haqi va maʼnaviy zarar undirish haqida qaror chiqargan.
Eʼtiborli jihati — Majburiy ijro byurosining Buxoro shahar boʻlimi sud hujjati ish yurituviga kelib tushganidan soʻng atigi 2 kun ichida ijro harakatlarini amalga oshirib, maktab direktorining ishga tiklanishini taʼminladi.





