platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston turkiyalik daʼvogarlar bilan arbitraj ishida gʻalaba qozondi

Ushbu investitsiyaviy nizo 1992 yilda tuzilgan bitimga asoslangan boʻlib, 2021 yil iyun oyida boshlanib, 5 yil davom etdi.

Oʻzbekiston turkiyalik daʼvogarlar bilan arbitraj ishida gʻalaba qozondi

Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro investitsiyaviy arbitraj ishida gʻalaba qozondi.

2026 yil 26 oktabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etish boʻyicha xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqarosi Mehmet Zeki Obuz va boshqalarning Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi qoʻzgʻatgan xalqaro arbitraj ishi yuzasidan qaror qabul qildi.

Qarorga muvofiq, daʼvogarlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi ilgari surilgan barcha daʼvo talablari rad etildi.

Ushbu investitsiyaviy nizo Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi oʻrtasida 1992 yilda tuzilgan investitsiyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisidagi ikki tomonlama bitim asosida qoʻzgʻatilgan boʻlib, 2021 yil iyun oyida boshlanib, 5 yil davom etdi.

Arbitraj tribunali eʼlon qilgan qaror nizolashuvchi tomonlar uchun yakuniy hisoblanadi.

Mazkur arbitraj ishida davlat manfaatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda “Curtis, Mallet-Prevost, Colt & Mosle” xalqaro yuridik kompaniyasi (AQSh) himoya qildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid