Oʻzbekiston 720 million dollarlik xalqaro iqlim dasturiga kirishga erishdi
COP31 konferensiyasi doirasida sanoatni "yashillashtirish" va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirishga qaratilgan "Transformation Pathways Initiative" xalqaro dasturi taqdim etildi.

Oʻzbekiston 720 million dollarlik xalqaro iqlim dasturiga kirdi.
COP31 konferensiyasi doirasida sanoatni "yashillashtirish" va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirishga qaratilgan "Transformation Pathways Initiative" xalqaro dasturi taqdim etildi.
Oʻzbekiston ushbu dastur qamrab olgan 10 ta davlat qatoridan joy oldi.
Dasturning umumiy qiymati 720 mln dollar boʻlib, shundan 187 mln dollari Yashil iqlim jamgʻarmasi (GCF), 533 mln dollari esa qoʻshma moliyalashtirish hisobidan jalb etiladi. Loyiha BMTning UNIDO tashkiloti va «Finance in Motion» investitsiya kompaniyasi ishtirokida amalga oshiriladi.
Bu Oʻzbekistonga nima beradi?
Mablagʻlar mahalliy banklar orqali korxonalarga kredit va toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya shaklida ajratiladi.
Xususan, toʻqimachilik, kimyo, qurilish va agrosanoat korxonalarini modernizatsiya qilish, energiya tejamkor texnologiyalar hamda qayta tiklanuvchi energetikani joriy etish moliyalashtiriladi.


Qaysi davlatga qancha mablagʻ tegishi taqdim etiladigan loyihalar saralovida hal boʻladi — hozirda Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi banklar hamda korxonalar bilan loyihalar portfelini shakllantirmoqda.





