Oʻzbekiston aholisining 12 foizi oliy maʼlumotli — Statqoʻm
Hozirda oliy taʼlim tashkilotlarida 1 725,9 ming kishi tahsil olmoqda. Ularning 49,0 foizini ayollar tashkil etadi.

Roʻyxatga olish natijalariga koʻra, taʼlim tashkilotlarida 7 yosh va undan katta 9 615,9 ming kishi taʼlim olmoqda. Bu haqda ayni paytda Milliy statistika qoʻmitasida boʻlib oʻtayotgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
Shundan:
— erkaklar — 4 950,7 ming nafar yoki 51,5 foiz;
— ayollar — 4 665,2 ming nafar yoki 48,5 foiz.
Oliy taʼlim tashkilotlarida 1 725,9 ming kishi tahsil olmoqda. Ularning 49,0 foizini ayollar tashkil etadi.
Roʻyxatga olish natijalariga koʻra, 15 yosh va undan katta aholining taʼlim darajasi boʻyicha taqsimoti quyidagicha:
— oliy va oliy taʼlimdan keyingi maʼlumotga ega boʻlganlar — 3 271,1 ming kishi yoki 12,0 foiz;
— oʻrta maxsus va professional maʼlumotga ega boʻlganlar — 9 737,2 ming kishi yoki 35,8 foiz;
— umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlganlar — 11 626,5 ming kishi yoki 42,8 foiz.
Har 1 000 nafar 15 yosh va undan katta aholiga 120 nafar oliy va oliy taʼlimdan keyingi, 358 nafar oʻrta maxsus va professional hamda 428 nafar umumiy oʻrta maʼlumotli shaxs toʻgʻri keladi.





