platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Mahkuma ayollarning bolalari uchun maxsus bogʻchalar ochiladi

Tarbiyalanuvchilar yashashi, tibbiy xizmatdan foydalanishi, yoshiga mos ravishda rivojlanishi va kamol topishi uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan har chorakda bola va ona uchun yaratilgan sharoitni oʻrganish maqsadida monitoring amalga oshiriladi

Mahkuma ayollarning bolalari uchun maxsus bogʻchalar ochiladi

"Jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtayotgan mahkuma ayollarning farzandlarini maktabgacha taʼlim xizmatlari bilan qamrab olish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Prezident qarori (PQ–395-son, 12.11.2026 y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2026 yil 1 dekabrdan Ichki ishlar vazirligi tizimidagi 21-son jazoni ijro etish koloniyasi qoshidagi Bolalar uyi negizida hamda 42-son manzil-koloniyada 3 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun "Ona va bola markazi" maxsus davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etiladi.

Maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotlarida:

- 5 nafargacha bolalarni qamrab oladigan kecha-yu kunduz faoliyat yurituvchi guruhlar tashkil etiladi;

- tarbiyalanuvchilar yashashi, tibbiy xizmatdan foydalanishi, yoshiga mos ravishda rivojlanishi va kamol topishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi;

- tarbiyalanuvchilar 21-son jazoni ijro etish koloniyasi va 42-son manzil-koloniya tomonidan qonunchilikda Bolalar uylari tarbiyalanuvchilari uchun belgilangan normalarga muvofiq oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal, yumshoq anjomlar bilan taʼminlanadi;

- Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tarbiyalanuvchilarni oʻz vaqtida emlash va tibbiy koʻrikdan oʻtkazish taʼminlanadi;

- Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan har chorakda bola va ona uchun yaratilgan sharoitni oʻrganish maqsadida monitoring amalga oshiriladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid