platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Endi Oʻzbekiston va Qozogʻiston fuqarolari ID-karta orqali oʻzaro safar qilishi mumkin

Tomonlar fuqarolarning oʻzaro safarlarini yengillashtirish va davlat chegaralaridan oʻtishdagi toʻsiqlarni bartaraf etish masalalarini muhokama qildi. 

Endi Oʻzbekiston va Qozogʻiston fuqarolari ID-karta orqali oʻzaro safar qilishi mumkin

Oʻzbekiston va Qozogʻiston ID-kartalar orqali chegaradan oʻtish imkoniyatini muhokama qilmoqda.

​Tomonlar fuqarolarning oʻzaro safarlarini yengillashtirish va davlat chegaralaridan oʻtishdagi toʻsiqlarni bartaraf etish masalalarini muhokama qildi.

​Oʻzbekiston va Qozogʻiston davlat chegarasidan ID-kartalar orqali oʻtish imkoniyatini muhokama qilmoqda, deb xabar berdi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

​Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Olimjon Abdullayev Qozogʻistonning Oʻzbekistondagi elchisi Yerali Tugjanov bilan uchrashdi.

​Tomonlar Oʻzbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, fuqarolarning oʻzaro safarlarini yengillashtirish hamda davlat chegaralaridan oʻtishdagi toʻsiqlarni bartaraf etish borasidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi.

​Jumladan, oʻzaro safarlar tartibini soddalashtirish, shu jumladan davlat chegarasidan ID-kartalar orqali oʻtish imkoniyati yuzasidan fikr almashildi. Qozogʻistonda joriy etilayotgan QazETA elektron kirish ruxsatnomasi tizimi doirasida Oʻzbekiston fuqarolariga ayrim imtiyozlar taqdim etish imkoniyatiga alohida eʼtibor qaratildi, — deyiladi xabarda.

​Shuningdek, Oʻzbekiston fuqarolarini Qozogʻistonda tartibli ravishda ishga joylashtirish, tegishli shartnomaviy-huquqiy bazani takomillashtirish va fuqarolarning har ikki mamlakat hududida boʻlishi uchun qulay sharoitlar yaratish masalalari koʻrib chiqildi.

​Uchrashuv yakunida tomonlar konstruktiv muloqotni davom ettirish va muhokama qilingan yoʻnalishlarda amaliy hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid