BAAdagi yirik YTHda kamida 14 kishi halok boʻldi
Fujayra amirligida 18 ta yengil avtomobil va beshta yuk mashinasi oʻzaro toʻqnashgan.

Fujayra amirligida 18 ta yengil avtomobil va beshta yuk mashinasi ishtirokidagi yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi.
Natijada kamida 14 kishi halok boʻldi va 30 kishi jarohatlandi, deb xabar berdi BAA Ichki ishlar vazirligi.
Huquqni muhofaza qilish organlari hodisani tekshirishda davom etmoqda.
Baxtsiz hodisa mahalliy vaqt bilan yarim tunda amirlik kirish qismida, sekin harakatlanayotgan transport sharoitida sodir boʻlgan. Departament maʼlumotlariga koʻra, yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, boshqa transport vositasi bilan toʻqnashgan, agʻdarilgan va tirbandlik tufayli toʻxtab qolgan mashinalarga urilgan.
Oʻttiz nafar jarohatlangan odam kasalxonalarga yotqizilgan. Ularning yarmi tibbiy yordam olgandan soʻng uyiga javob berilgan, qolganlari esa davolanishni davom ettirmoqda. Halok boʻlganlar va jarohatlanganlar orasida BAA, Ummon, Hindiston, Braziliya, Pokiston, Iordaniya va Misr fuqarolari bor.
BAAdagi Hindiston konsulligi halok boʻlganlar orasida Hindiston fuqarolari ham borligini tasdiqladi.
Diplomatlar jabrlanganlarning oilalari bilan bogʻlanishdi va ularga zarur yordam koʻrsatish uchun mahalliy hokimiyat bilan hamkorlik qilmoqda.





