"5 ming kishiga osh berib maqtanish emas, yigʻlash kerak" — Murod Azimov
Qashqadaryo viloyati hokimi jamiyatdagi dabdababozlik va xoʻjakoʻrsinga qilinayotgan toʻy-maʼrakalarni keskin tanqid qildi.

Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov viloyat ziyolilari bilan boʻlib oʻtgan muloqotda jamiyatdagi dabdababozlik va xoʻjakoʻrsinga qilinayotgan toʻy-maʼrakalarni keskin tanqid qildi.
“Ayrimlar 5 ming kishiga osh berib, videoga olib ijtimoiy tarmoqqa qoʻyib maqtanyapti, qozonni sanayapmiz.
Aslida bundan maqtanish emas, yigʻlashimiz kerak”, — dedi viloyat rahbari.
Uning taʼkidlashicha, bunday isrofgarchilik oʻrniga maktab kutubxonasiga kitob yoki bogʻchaga jihoz olib berish, hech boʻlmaganda oʻz uyiga hammom qurish, keliniga changyutgich olib berish yoki bemor yaqin qarindoshining tishini davolatib, holidan xabar olish ming karra savobliroq.
Eslatib oʻtish kerak, Qashqadaryo viloyati hokimi avval ham dabdabali toʻylarni tanqid qilib chiqqandi.





