platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

“Wildberries Taxi” monopol platforma deb topildi

Oʻzbekistonda eng ommabop taksi agregatorlaridan biri boʻlgan Yandex faoliyatida uzilishlar kuzatilgani ortidan raqobatchi agregatorlarda narxlar keskin oshgandi. 

“Wildberries Taxi” monopol platforma deb topildi

“WB Taxi” MChJ ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb eʼtirof etildi.

Raqobat qoʻmitasining tegishli buyrugʻi asosida yoʻlovchilarni tashish (taksi) uchun buyurtmalarni joylashtirish va taksi xizmatlarini koʻrsatishga imkon beruvchi vositachilik (agregator) xizmatlari bozorida “WB Taxi” MChJ ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb eʼtirof etildi.

Shuningdek, Qoʻmita tomonidan ustun mavqega ega raqamli platforma operatori faoliyatida raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq, ustun mavqeini suiisteʼmol qilish holatlarini oldini olish maqsadida majburiy tartibda Monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etiladi va tegishli tartibda monitoring oʻtkazib borilishi maʼlum qilinadi.

Oʻzbekistonda eng ommabop taksi agregatorlaridan biri boʻlgan Yandex faoliyatida uzilishlar kuzatilgani ortidan raqobatchi agregatorlarda tirband vaqtlarda yoʻl haqi keskin oshdi. Raqobat qoʻmitasi narxlar bir necha barobar koʻtarilganini maʼlum qilib, tariflar oshirilishining asosliligini va insofsiz raqobat alomatlarini oʻrganishni boshladi.

Kompaniya uchun antimonopoliya komplayens tizimini majburiy joriy etish hamda raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya qilinishini monitoring qilish choralari belgilangan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid