platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Uchta OTM rektori oʻz vazifasidan ozod etildi

Avvalroq Taʼlim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov beshta rektorni ishdan olgani xabar berilgandi. Keyinroq vazir bu maʼlumotni inkor etdi. 

Uchta OTM rektori oʻz vazifasidan ozod etildi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Botir Usmonov, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Toʻxtasinov hamda Samarqand davlat chet tillari instituti rektori Bahodir Xoliqov egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi.

TKTI matbuot kotibining maʼlum qilishicha, OTMga 2020 yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Botir Usmonov 9 noyabr kuni oʻz xohishiga koʻra ariza yozib, lavozimidan ozod etilgan.

Hozirda rektor vazifasi Toyir Safarovga yuklatilgan. Toyir Safarov 1968 yilda Samarqand viloyati Jomboy tumanida tugʻilgan. 1990 yilda Toshkent politexnika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi boʻyicha kimyogar-texnolog, texnika fanlari doktori (DSc), professor.

Shuningdek, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Toʻxtasinov ham lavozimini tark etgan.

Ilhom Toʻxtasinov 2023 yilda rektor etib tayinlangan edi. Tayinlovga qadar u Samarqand davlat chet tillar instituti rahbari lavozimida ishlagan.

Shu bilan birga, Samarqand davlat chet tillari instituti rektori Bahodir Xoliqov ham ishdan ketdi. “Daryo” nashrining institutdagi manbasi ham bu xabarni tasdiqladi.

Qoʻshimcha qilinishicha, institutning oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Umid Jumanazarov rektor vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan.

Avvalroq Taʼlim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov beshta rektorni ishdan olgani xabar berilgandi. Keyinroq vazir bu maʼlumotni inkor etdi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid