platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Tezkor tadbirda katta miqdorda qalbaki aksiz markali alkogol savdosi fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib tergov harakatlari oʻtkazilmoqda. 

Tezkor tadbirda katta miqdorda qalbaki aksiz markali alkogol savdosi fosh etildi

Qoraqalpogʻiston Respublikasida qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarining savdosi fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kegeyli tumani boʻlimi xodimlari tomonidan Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda “M.B.” MChJ boshqaruvchisi G.A. savdo doʻkonida 274 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini savdoga qoʻyganligi aniqlanib, undan umumiy bahosi 106,8 mln soʻmlik 1 484 dona alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Taxiatosh tumani boʻlimi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro U.R. dehqon bozori hududidagi savdo doʻkonida 1 063 dona qoʻlbola usulda tayyorlangan va qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini savdoga qoʻyganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid