Oʻzbekiston oʻrtoqlik oʻyinida Rossiyaga yutqazdi
Vakillarimiz uchrashuvning 70-daqiqasigacha ikki toʻp farqi bilan gʻalaba qozonayotgan edilar.

Oʻzbekiston oʻrtoqlik oʻyinida Rossiya bilan maydonga tushdi. Uchrashuv Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida boʻlib oʻtdi.
Unda vakillarimiz ikkita toʻp farqi bilan gʻalaba qozonayotib, imkoniyatni boy berdilar.
Dastlab oʻyinda Oʻzbekiston 4-daqiqadayoq hisobni ochdi. 46-daqiqada Behruz Karimov farqni ikkitaga oshirdi. Biroq rossiyaliklar 10 daqiqa ichida 3 ta gol urishga erishib, gʻalabani ilib ketdilar.
Gollar: 1:0 – 4, Viktor Melyoxin (avtogol); 2:0 – 46, Behruz Karimov (Dostonbek Hamdamov); 2:1 – 70, Nikolay Komlichenko (Kirill Danilov); 2:2 – 75, Nikolay Komlichenko; 2:3 – 79, Aleksey Miranchuk (Danil Krugovoy).
Rossiya bilan birinchi oʻrtoqlik oʻyini durang bilan yakunlangandi.
Endi Oʻzbekiston Saudiya Arabiston terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.





