platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Siyosat

Oʻzbekiston Birinchi xonimi "Nol chiqindi" Global alyansini tashkil etishga bagʻishlangan yuqori darajadagi uchrashuvda ishtirok etdi

Mazkur alyans davlat va hukumat rahbarlari rafiqalarining tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilarni kamaytirish tamoyillarini ilgari surish yoʻlidagi saʼy-harakatlarini birlashtirishga qaratilgan.

Oʻzbekiston Birinchi xonimi "Nol chiqindi" Global alyansini tashkil etishga bagʻishlangan yuqori darajadagi uchrashuvda ishtirok etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) tadbirlarida ishtirok etish Turkiyaga tashrifi doirasida Oʻzbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Antaliya shahrida yuqori darajadagi uchrashuvda ishtirok etdi.

Tadbirda "Nol chiqindi" (Zero Waste) Global alyansi tashkil etilgani eʼlon qilindi.

​Mazkur alyans davlat va hukumat rahbarlari rafiqalarining tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilarni kamaytirish tamoyillarini ilgari surish yoʻlidagi saʼy-harakatlarini birlashtirishga qaratilgan.

Oʻzbekiston Birinchi xonimi "Nol chiqindi" Global alyansini tashkil etishga bagʻishlangan yuqori darajadagi uchrashuvda ishtirok etdi

​Ziroat Mirziyoyeva uchrashuvda soʻzga chiqib, taklif va samimiy mehmondoʻstlik uchun Turkiya Birinchi xonimi Emine Erdogʻanga chuqur minnatdorlik bildirdi hamda uning "Nol chiqindi" tashabbusini xalqaro miqyosda ilgari surishga qoʻshayotgan shaxsiy hissasini alohida eʼtirof etdi. "Nol chiqindi" Global alyansi tashkil etilishi qoʻllab-quvvatlandi.

Oʻzbekiston Birinchi xonimi "Nol chiqindi" Global alyansini tashkil etishga bagʻishlangan yuqori darajadagi uchrashuvda ishtirok etdi

​Oʻzbekiston Birinchi xonimi Alyans doirasida ekologik taʼlimni rivojlantirish, shuningdek, yoshlar tomonidan ilgari surilgan ekologik loyihalarni qoʻllab-quvvatlash va amalga oshirishga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid