Ilmiy darajali xodimlarning oylik maoshi oshiriladi
Science ID orqali yuqori ilmiy faollik koʻrsatgan har bir muallifga lavozim maoshining 10 foizigacha qoʻshimcha haq belgilash nazarda tutilmoqda.

Ilmiy darajali xodimlarning oylik maoshi oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 31 oktabrdagi 604-son qarori bilan ilmiy darajali xodimlarga qoʻshimcha haq belgilash tartibiga muhim oʻzgartirishlar kiritildi.
Asosiy yangiliklar:
- Ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyatiga oid maʼlumotlar yagona elektron bazaga kiritilib, tekshiriladi va tasdiqlanadi;
- Qoʻshimcha haq belgilashda elektron bazadagi tasdiqlangan maʼlumotlar asosiy manba hisoblanadi;
- Bazaga kiritilgan, ammo tasdiqlanmagan natijalar qoʻshimcha haq hisoblashda inobatga olinmaydi;
- Science ID orqali yuqori ilmiy faollik koʻrsatgan har bir muallifga lavozim maoshining 10 foizigacha qoʻshimcha haq belgilash nazarda tutilmoqda.
Bunda gap barcha xodimlarga avtomatik 10 foiz toʻlash haqida emas, balki tegishli mezon asosida ragʻbatlantirish haqida ketmoqda.
Endilikda ilmiy natijaga erishishning oʻzi yetarli emas. Uning elektron bazada toʻgʻri aks etishi, tekshirilishi va tasdiqlanishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.





