"Dala chiptasi" boʻyicha xabarlar inkor etildi
Yaylovlarda oʻt oʻrishni pullik qilish emas, aksincha jamoat yaylovlarini tekinga berib, odamlar uchun undan bepul foydalanish tartiblari belgilanmoqda.

Qonunchilik palatasi matbuot xizmati "dala chiptasi" boʻyicha xabarlarni inkor etdi.
Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda "Endi oʻt oʻrishga ham chipta sotib olish kerak ekan, pul toʻlash kerak ekan" degan mazmunda tarqalayotgan xabar asossiz ekani aytildi.
Qonunchilik palatasida muhokama qilinayotgan "Yaylovlar toʻgʻrisida"gi qonun loyihasi aholi va biznes uchun ortiqcha yuklamalar emas, balki yanada qulay imkoniyatlar yaratishni nazarda tutgan.
Hujjatda yaylovlarda oʻt oʻrishni pullik qilish emas, aksincha jamoat yaylovlarini tekinga berib, odamlar uchun undan bepul foydalanish tartiblari belgilanmoqda.





