platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Turkiyada Finlyandiya va Sloveniya prezidentlari bilan uchrashdi

Muloqot chogʻida Aleksandr Stubbning oʻtgan yili Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi. 2027 yil boshida Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishi va biznes forumini oʻtkazish muhimligi taʼkidlandi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiyada Finlyandiya va Sloveniya prezidentlari bilan uchrashdi

Antaliya shahrida boʻlib oʻtayotgan BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha 31-konferensiyasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Muloqot chogʻida Aleksandr Stubbning oʻtgan yili Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.

Oʻzaro savdo hajmini oshirish, metallurgiya, energetika va geologiya sohalaridagi qoʻshma loyihalarni jadallashtirish hamda ekologiya va suv resurslari sohalaridagi hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

2027 yil boshida Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishi va biznes forumini oʻtkazish muhimligi taʼkidlandi.

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Jahon iqlim sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sloveniya Respublikasi Prezidenti Natasha Pirs Musar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiyada Finlyandiya va Sloveniya prezidentlari bilan uchrashdi

Oʻtgan yili Sloveniyaga amalga oshirilgan tashrif davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari hamda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tovar ayirboshlash hajmi oʻsgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Transport, shaharsozlik, muhim mineral resurslar va farmatsevtika sohalarida kooperatsiyani rivojlantirish hamda madaniy va turistik almashinuvlarni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Tomonlar oʻzaro sheriklikni, shu jumladan, Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik doirasida yanada mustahkamlashdan manfaatdor ekanini tasdiqladilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTning iqlim oʻzgarishi boʻyicha konferensiyasi sessiyasi doirasida Bangladesh Xalq Respublikasi Bosh vaziri Toriq Rahmon bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Samimiy muloqotda Oʻzbekiston – Bangladesh munosabatlarini yanada faollashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiyada Finlyandiya va Sloveniya prezidentlari bilan uchrashdi

Soʻnggi yillarda ikki tomonlama aloqalar jadal tus olgani, tovar ayirboshlash hajmi oʻsgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Uchrashuvda oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish va uni amaliy mazmun bilan boyitish, jumladan, siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy sheriklik va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishga kelishib olindi.

Shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasidagi oʻzaro qoʻllab-quvvatlashni davom ettirish va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid