platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Paxtaobod tumani hokimi oʻrinbosari va kadastrlar palatasi mansabdori qoʻlga olindi

​Ular tuman hokimligi zaxirasida boʻlgan 50 sotix yer maydonini onlayn auksion savdolari orqali arzon narxda fuqaro nomiga yutib berish evaziga 100 ming AQSh dollari talab qilishgan. 

Paxtaobod tumani hokimi oʻrinbosari va kadastrlar palatasi mansabdori qoʻlga olindi

Andijonda ikki mansabdor shaxsning noqonuniy harakatlariga chek qoʻyildi.

Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimi oʻrinbosari va Davlat kadastrlari palatasining tuman filiali mansabdori oʻzaro til biriktirgan. Ular xizmat mavqelaridan foydalangan holda tadbirkorlik bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan fuqaroning ishonchiga kirishgan.

​Ular tuman hokimligi zaxirasida boʻlgan 50 sotix yer maydonini onlayn auksion savdolari orqali arzon narxda mazkur fuqaro nomiga yutib berish evaziga 100 ming AQSh dollari talab qilishgan.

​Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ushbu ikki mansabdor shaxs soʻralgan pul mablagʻi hisobidan 30 ming AQSh dollarini uchinchi shaxs orqali olgan vaqtlarida ularning noqonuniy harakatlariga chek qoʻyildi.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” va “g” bandlari hamda 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid