platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston Birinchi xonimi COP31 doirasida mamlakatimiz milliy paviloniga tashrif buyurdi

​Tashrif davomida Ziroat Mirziyoyeva bu yerda namoyish etilgan milliy ekologik loyihalar va tashabbuslar bilan tanishdi. 

Oʻzbekiston Birinchi xonimi COP31 doirasida mamlakatimiz milliy paviloniga tashrif buyurdi

Antaliya shahrida boʻlib oʻtayotgan BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi xonimi, «Zamin» Xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Oʻzbekiston milliy paviloniga tashrif buyurdi.

​Pavilon meʼmoriy konsepsiyasiga «Uzumzor – oʻtmish merosi, bugungi yechim, kelajak uchun ilhom» gʻoyasi asos qilib olingan.

Oʻzbekiston Birinchi xonimi COP31 doirasida mamlakatimiz milliy paviloniga tashrif buyurdi
Oʻzbekiston Birinchi xonimi COP31 doirasida mamlakatimiz milliy paviloniga tashrif buyurdi

​Tashrif davomida Ziroat Mirziyoyeva bu yerda namoyish etilgan milliy ekologik loyihalar va tashabbuslar bilan tanishdi.

​«Zamin» fondi tomonidan amalga oshirilayotgan «Eco-Schools Uzbekistan» loyihasi ishtirokchilari Birinchi xonimga taʼlimning barcha bosqichlarini qamrab olgan uzluksiz ekologik taʼlim tizimining taqdimotini oʻtkazdilar. Mazkur tizim maktabgacha va boshlangʻich taʼlim uchun LEAF, umumtaʼlim maktablariga Eco-Schools, oliy va oʻrta kasbiy taʼlim muassasalari uchun Eco-Campus dasturlarini oʻz ichiga oladi.

Oʻzbekiston Birinchi xonimi COP31 doirasida mamlakatimiz milliy paviloniga tashrif buyurdi
Oʻzbekiston Birinchi xonimi COP31 doirasida mamlakatimiz milliy paviloniga tashrif buyurdi

​COP31 doirasidagi Oʻzbekiston milliy paviloni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ekologik islohotlarni namoyish etish, tajriba almashish hamda barqaror kelajak yoʻlida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun maydon vazifasini oʻtamoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid