platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Begona qizni haqorat qilgan bloger Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Mirobod tumanida yashovchi qiz ichki ishlar organlariga murojaat qilib, ijtimoiy tarmoqda uning suratidan ruxsatsiz foydalanilganini bildirgan.Normatova esa suratdagi qizni umuman tanimasligini, bu ishni shunchaki piar qilish va obunachilari sonini oshirish maqsadida amalga oshirganini tan olgan.

Begona qizni haqorat qilgan bloger Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Toshkent shahrining Mirobod tumanida ijtimoiy tarmoq orqali begona qizga nisbatan asossiz ayblovlar bildirib, uni haqorat qilgan bloger Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Mirobod tumanida yashovchi qiz ichki ishlar organlariga murojaat qilib, ijtimoiy tarmoqda uning suratidan ruxsatsiz foydalanilganini bildirgan.

Bloger oʻziga notanish qizning suratini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtirib, uni turmush oʻrtogʻi bilan munosabatda boʻlishda ayblagan. Shuningdek, videoda qizga nisbatan haqoratli fikrlar bildirgan.

Murojaat qilgan fuqaroning taʼkidlashicha, u mazkur blogerni ham, uning turmush oʻrtogʻini ham shaxsan tanimaydi va ular bilan hech qanday aloqasi boʻlmagan.

Qizning soʻzlariga koʻra, uning surati joylashtirilgan video ayolning ijtimoiy tarmoqdagi stories’ida 24 soat davomida turgan va uni 4 milliondan ortiq kishi koʻrgan. Keyinchalik video boshqa foydalanuvchilar tomonidan ham tarqatilgan.

Holatga oydinlik kiritish maqsadida ijtimoiy tarmoqdagi sahifa egasidan izoh soʻralgan. U suratdagi qizni umuman tanimasligini, bu ishni shunchaki piar qilish va obunachilari sonini oshirish maqsadida amalga oshirganini tan olgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tergov boʻlimi tomonidan ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 140-moddasi 2-qismi (haqorat qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid