Toshkentda bolalarni raqamli tahdidlardan himoya qilish choralari muhokama qilinmoqda
Ekspert tahliliga koʻra, hissiy jihatdan kuchli xabarlar, bir xil gʻoyalarning takrorlanishi va manipulyativ iboralar axborotni tanqidiy baholash qobiliyatini susaytirishi mumkin. Ayniqsa, dunyoqarashi va qadriyatlari shakllanayotgan oʻsmirlar bunday taʼsirga nisbatan zaifroq boʻlishi mumkin.

10 noyabr kuni Toshkentda oʻtayotgan III Oʻzbekiston–Rossiya mediaforumi doirasida "Kibermakonda axborot xavfsizligi va bolalarni himoya qilish" mavzusida seminar tashkil etildi.
Unda yoshlarning raqamli muhitdagi xavfsizligi, axborot taʼsiri va internet orqali sodir etiladigan manipulyatsiyalarning oldini olish masalalari muhokama qilinmoqda.
Seminar doirasida Oybek Yuldashev, "Kribrum" AJ ijrochi direktori Kseniya Tulayeva, Oʻzbekiston raqamli texnologiyalar vaziri oʻrinbosari Rustam Karimjonov va Bolalar kontentini rivojlantirish markazi ijrochi direktori Zafar Yuldashevning chiqishlari tinglandi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi yashirin taʼsir
"Kribrum" AJ ijrochi direktori Kseniya Tulayeva oʻz taqdimotida ijtimoiy tarmoqlar faqat muloqot va axborot almashish maydoni emas, balki ayrim hollarda psixologik taʼsir oʻtkazish, qarashlarni boshqarish va yoshlarni xavfli harakatlarga jalb etish vositasiga aylanishi mumkinligini taʼkidladi.

Ekspert tahliliga koʻra, hissiy jihatdan kuchli xabarlar, bir xil gʻoyalarning takrorlanishi va manipulyativ iboralar axborotni tanqidiy baholash qobiliyatini susaytirishi mumkin. Ayniqsa, dunyoqarashi va qadriyatlari shakllanayotgan oʻsmirlar bunday taʼsirga nisbatan zaifroq boʻlishi mumkin. Bu haqqoniy axborotni manipulyativ talqindan ajratishni qiyinlashtiradi.
Xavfli "oʻyin"lar qanday boshlanadi?
Seminarda yoshlarni buzgʻunchi internet hamjamiyatlariga jalb etishda oʻyinlashtirish usullaridan foydalanilishi alohida muhokaialarga sabab bӯldi.
Str emas, "Sen bunga jurʼat eta olasanmi?" mazmunidagi chaqiriqlar, sinovlar va shahar kvestlari koʻrinishidagi topshiriqlar oʻsmirlarda qiziqish uygʻotishi mumkin. Dastlabki muloqot ochiq ijtimoiy tarmoqlarda boshlanib, keyin yopiq chatlar yoki Telegram-botlarga koʻchirilishi mumkin.
Baʼzi hollarda dastlab varaqa tarqatish yoki oson "vazifa" bajarish kabi shubha uygʻotmaydigan topshiriqlar beriladi. Keyinchalik topshiriqlar xavfli tus olib, qonunga zid harakatlargacha yetishi mumkin. Bu jarayonda pul vaʼdasi, guruhga mansublik hissi yoki kattalarga boʻlgan ishonchdan foydalanilisht alohida xavotirga molik.
Jalb etishning toʻrt bosqichi
"Kribrum" taqdimotida oʻsmirlarni jinoiy yoki buzgʻunchi guruhlarga jalb etishning shartli toʻrt bosqichli sxemasi koʻrsatildi.
Birinchi bosqich — eʼtiborni jalb qilishdan iborat Qisqa videolar, memlar va taʼsirchan xabarlar orqali auditoriya toʻplanadi, keyin ayrim foydalanuvchilar yopiq kanallarga yoʻnaltiriladi.

Ikkinchi bosqich — shaxsiy aloqa oʻrnatishdan iborat. Oʻzini maslahatchi yoki doʻst sifatida koʻrsatgan "kurator" oʻsmirning muammolarini tinglab, ishonchini qozonishga harakat qiladi.
Uchinchi bosqich — sinov topshiriqlari tarzida bӯladi Avvaliga kichik, baʼzan haq toʻlanadigan vazifalar beriladi. Keyin esa ularning xavf darajasi bosqichma-bosqich oshiriladi.
Toʻrtinchi bosqich — nazorat va shantajni ӯz ichiga oladi. Topshiriqlarning foto yoki video dalillari orqali oʻsmirga bosim oʻtkazish, unga tahdid qilish yoki keyingi harakatlarga majburlash holatlari yuzaga kelishi mumkin.
Xavf shundaki, virtual muloqot real qonunbuzarlikka aylanishi, oʻsmir esa bosim tufayli aloqani uzolmay qolishi mumkin.
Himoya faqat texnik choralar bilan cheklanmaydi
Seminarda bolalarni himoya qilish boʻyicha toʻrtta yoʻnalish alohida urgʻu berildi. Bular - mediahamjamiyat masʼuliyati; raqamli platformalarni davlat tomonidan tartibga solish; ota-onalarning psixologik va raqamli savodxonligini oshirish; maxsus xizmatlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning oldindan chora koʻrishga qaratilgan faoliyatidan iborat.
Xavfli onlayn hamjamiyatlarni aniqlash va zararli kontentni cheklash barobarida bolalarda tanqidiy fikrlash hamda internetda xavfsiz muomala qilish koʻnikmalarini shakllantirish zarur. Ota-onalar va pedagoglar oʻsmirlar bilan ishonchli muloqot oʻrnatib, notanish shaxslarning topshiriqlari, "oson pul" vaʼdalari va shaxsiy maʼlumotlarni oshkor etish xatarlarini tushuntirishi kerak.
Abulfayz Sayidasqarov





