platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Madaniyat

Toshkent 2027 yilda “Turkiy dunyoning turizm poytaxti” boʻladi

Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy 2026 yilgi turizm poytaxti Anqara shahrining ramziy kalitini Oʻzbekiston Turizm qoʻmitasi raisi Abdulaziz Aqqulovga topshirdi.

Toshkent 2027 yilda “Turkiy dunyoning turizm poytaxti” boʻladi

2026 yil 7 noyabr kuni Istanbul shahrida VI Xalqaro “Qoʻrqut Ota” turkiy dunyo kinofestivalining yopilish va taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbir doirasida Toshkentning 2027 yilda “Turkiy dunyoning turizm poytaxti” maqomini qabul qilishi munosabati bilan ramziy kalit topshirish marosimi oʻtkazildi.

Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy 2026 yilgi turizm poytaxti Anqara shahrining ramziy kalitini Oʻzbekiston Turizm qoʻmitasi raisi Abdulaziz Aqqulovga topshirdi.

Marosimda Mehmet Nuri Ersoy Toshkentning mazkur maqomga ega boʻlganini eʼtirof etib, Oʻzbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi, oʻziga xos anʼanalari va sayyohlik salohiyatini alohida taʼkidladi. Uning qayd etishicha, ushbu maqom turkiy davlatlar oʻrtasidagi turizm aloqalarini yanada mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Abdulaziz Aqqulov festival ishtirokchilarini tabriklab, turkiy davlatlar vakillarini kelgusi yilda Toshkentga tashrif buyurishga taklif qildi. Shuningdek, u kinoijodkorlarni Oʻzbekistonga kelib, mamlakatning tarixiy obidalari, qadimiy shaharlari, goʻzal tabiati va madaniy merosini oʻz ijodiy ishlari orqali keng targʻib etishga chaqirdi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid