platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Surxondaryoda 277 ta soxta haydovchilik guvohnomasi yoqib yuborildi

Maʼlum qilinishicha, ushbu jinoyat ishi yuzasidan jami 11 nafar shaxsga nisbatan sud hukmi eʼlon qilingan.

Surxondaryoda 277 ta soxta haydovchilik guvohnomasi yoqib yuborildi

Surxondaryo viloyatining Angor tumanida jinoyat ishi boʻyicha ashyoviy dalil sifatida saqlangan 277 ta soxta haydovchilik guvohnomasi yoqib yoʻq qilindi. Mazkur jinoyat ishi doirasida 11 nafar shaxsga nisbatan sud hukmi chiqarilgan. Bu haqda Majburiy ijro byurosi xabar berdi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Angor tuman sudining ijro varaqasiga asosan, jinoyat ishi doirasida ashyoviy dalil deb topilgan 277 ta soxta haydovchilik guvohnomasini yoʻq qilish belgilangan.

Sud hujjati ijrosini taʼminlash maqsadida Majburiy ijro byurosining Angor tuman boʻlimi tomonidan tegishli ijro harakatlari oʻtkazilgan.

Jarayon davomida sudning ashyoviy dalillarni saqlash xonasida turgan 277 ta qalbaki haydovchilik guvohnomasi belgilangan tartib va xavfsizlik talablariga rioya etilgan holda maxsus qozonxonada yoqish orqali toʻliq yoʻq qilingan.

Maʼlum qilinishicha, ushbu jinoyat ishi yuzasidan jami 11 nafar shaxsga nisbatan sud hukmi eʼlon qilingan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid