platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Qoʻqondagi mehmonxonada 13 yoshli qiz zoʻrlandi

Holat yuzasidan Qoʻqon shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 128-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumonlanuvchi qamoqqa olindi. 

Qoʻqondagi mehmonxonada 13 yoshli qiz zoʻrlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoʻqon shahridagi mehmonxonada 13 yoshli voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy zoʻravonlik sodir etilgani haqida xabar tarqaldi. Ijtimoiy himoya agentligi Fargʻona viloyati boshqarmasi izoh berdi.

​Aniqlanishicha, 2026 yil 28 sentabr kuni Fargʻona viloyatining Rishton tumanida yashovchi 2012 yilda tugʻilgan voyaga yetmagan qiz Qoʻqon shahridagi mehmonxonada jinsiy zoʻravonlikka uchragan.

​Mazkur holat yuzasidan 2026 yil 29 sentabr kuni Qoʻqon shahar prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 128-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

​Jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchi ushlanib, 30 sentabr kuni unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

​Hozirda jinoyat ishi doirasida tegishli ekspertizalar tayinlanib, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

​Voyaga yetmagan jabrlanuvchining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, uning ruhiy holatini tiklash hamda zarur yordam koʻrsatish maqsadida unga psixologik va yuriditik xizmatlar biriktirilgan.

​Mazkur holat Ijtimoiy himoya milliy agentligining masʼul xodimlari nazoratiga olingan, deyiladi xabarda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid