Peruda saylov gʻolibi tanga tashlash orqali aniqlandi
Magʻlub boʻlgan nomzod gʻolibni aniqlashning bu usulidan norozi boʻlgan.

Peruning Puno mintaqasidagi Konima okrugida mer saylovi gʻolibi tanga tashlash orqali aniqlandi, deb xabar beradi La República nashri.
4 oktabr kuni boʻlib oʻtgan saylovlarda Somos Peru partiyasidan Ruben Kispe Kapaxan va País para Todos vakili Salomino Mamani Kispe oʻzaro toʻqnash keldi. Ularning har biri 671 tadan ovoz oldi. Barcha byulletenlarni qayta ishlagandan soʻng, saylov komissiyasi ommaviy qurʼa tashlash oʻtkazdi.
Jarayon raqamlangan chiptalar yordamida aniqlandi. Natijada Ruben Kapaxan gʻolib deb eʼlon qilindi.
Ikkala nomzodning vakillari ham byulletenlarga imzo chekishdi. Jarayon saylov komissiyasi aʼzolari, politsiya va notarius tomonidan kuzatildi.
Magʻlub boʻlgan Kispe gʻolibni aniqlashning bu usulidan norozi boʻlgan. Andina axborot agentligining xabar berishicha, u durang natija qayd etilgan taqdirda ikkinchi bosqichga ruxsat berish uchun qonunni oʻzgartirishni taklif qilgan.





