platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jahon

Nvidia bosh direktori mojaro girdobida: u xitoylik ayol sabab 7,4 milliard dollar yoʻqotdi

Tergov oʻtgan oy oxirida New York Times gazetasida chop etilgan xabar tufayli boshlangan. Nashrning xabar berishicha, AQSh razvedkasi Nvidia bosh direktori va Xitoy fuqarosi Elis Huang oʻrtasida yaqin munosabatlarni oʻrnatganini aniqlagan. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi josuslik ayblovini "tuhmat" deb atadi. 

Nvidia bosh direktori mojaro girdobida: u xitoylik ayol sabab 7,4 milliard dollar yoʻqotdi

Forbes xabar berishicha, Nvidia bosh direktori Jensen Huang Xitoyga josuslik qilishda ayblangan ayol bilan munosabatlari boʻyicha tergov boshlanganidan soʻng kamida 7,4 milliard dollar yoʻqotdi.

Dushanba kuni savdoning birinchi yarim soatida biznesmenning sof boyligi 154,7 milliard dollarga tushdi va tushdan keyin ham shu darajada qoldi.

Natijada u Forbes milliarderlari roʻyxatida sakkizinchi oʻrindan oʻninchi oʻringa tushib ketdi. 8 noyabr kuni Nvidia direktorlar kengashi barcha mavjud maʼlumotlarni koʻrib chiqish uchun ichki tergov eʼlon qildi. Jensen Huangning oʻzi bu ishda ayblanganini tan oldi, xatti-harakatlari uchun uzr soʻradi va tergovni qoʻllab-quvvatlashini qoʻshimcha qildi.

Tergov oʻtgan oy oxirida New York Times gazetasida chop etilgan xabar tufayli boshlangan. Nashrning xabar berishicha, AQSh razvedkasi Nvidia bosh direktori va Xitoy fuqarosi Elis Huang oʻrtasida yaqin munosabatlarni oʻrnatgan. Vashington uni Pekinning yuqori razvedka agentligi tomonidan maʼlumot toʻplash uchun yollangan deb hisoblaydi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Go Szyakunning bayonotiga koʻra, mamlakat Jensen Huangni tergov qilish bilan bogʻliq josuslik ayblovlarini rad etadi.

"Xitoy josusligi" deb ataluvchi daʼvo sof uydirma va tuhmatdir", dedi Go Szyakun matbuot anjumanida.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid