Netanyahu milliy birlik hukumatini tuzishga chaqirdi
Avvalroq prezident Ishoq Gersog Netanyahuning raqibi Ayzenkotga hukumat tuzishni topshirgandi. U 28 kun ichida buni amalga oshirishi kerak. Netanyahu milliy birlik hukumati milliy lagerdagi barcha partiyalar va sionist partiyalarni oʻz ichiga olishi kerakligini va bu yahudiy davlatini himoya qilishni taʼminlash uchun zarurligini taʼkidladi.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu Isroilda milliy birlik hukumatini tuzishga chaqirdi.
Isroil Bosh vaziri bu haqda televideniyedagi chiqishida eʼlon qildi, deb xabar beradi Israel Hayom.
Netanyahu milliy birlik hukumati milliy lagerdagi barcha partiyalar va sionist partiyalarni oʻz ichiga olishi kerakligini va bu yahudiy davlatini himoya qilishni taʼminlash uchun zarurligini taʼkidladi.
Bosh vazirning soʻzlariga koʻra, milliy birlik hukumati Eron tomonidan yuzaga keladigan yadroviy tahdidni butunlay yoʻq qilishga, Isroilni yahudiy davlati sifatida saqlab qolishga va uning xalqi oʻrtasida birdamlik oʻrnatishga yordam beradi. Uning taʼkidlashicha, HAMAS tarafdorlariga tayanadigan hukumat tuzib boʻlmaydi. Netanyaxu Eron va uning mintaqadagi ittifoqchilariga qarshi kurashda hukumat ichidagi "radikal kuchlar" tarafdorlariga bogʻlanib qolish mumkin emasligini bildirgan.
Avvalroq prezident Ishoq Gersog Netanyahuning raqibi Ayzenkotga hukumat tuzishni topshirgandi. U 28 kun ichida buni amalga oshirishi kerak.
Isroildagi soʻnggi saylovlarda bironta partiya yaqqol gʻoliblikka erishmadi. Mamlakatda arab partiyalari katta muvaffaqiyatga erishdi. Yahudiy partiyalari esa ular bilan hamkorlik qilishdan bosh tortmoqda.




