"Men "koʻcha"man, tushundingmi?": haydovchini haqorat qilgan YPX xodimi ishdan boʻshatildi
Mazkur tortishuv joriy yilning 8 noyabr kuni poytaxtning Shahrisabz koʻchasida yuz bergan.

Haydovchi bilan odob-axloq nomalariga zid ravishda munosabatga kirishgan YPX xodimi lavozimdan chetlatilib, unga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqda haydovchi va YPX xodimi janjali aks etgan video tarqaldi. Unda xodim haydovchiga qarata "men koʻchaman" deya baqirgani aks etgan. Mazkur tortishuv joriy yilning 8 noyabr kuni poytaxtning Shahrisabz koʻchasida yuz bergan.
YHX matbuot xizmatiga koʻra, hodisa sabab kichik serjant Raimov vazifasidan chetlashtirildi va unga nisbatan tekshiruv tayinlandi.





