Maktab va bogʻchalarga ajratilgan koʻmir tarozisi tekshiruvdan oʻtkazilmagani aniqlandi
Mazkur holat qonunchilik talablariga zid boʻlib, isteʼmolchilar huquqlari buzilishiga sabab boʻlishi mumkin. Sud korxona rahbariga jazo belgiladi.

Maktab va bogʻchalarga ajratilgan koʻmir tarozisi tekshiruvdan oʻtkazilmagani aniqlandi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Samarqand viloyat boʻlimiga kelib tushgan fuqaro murojaati asosida Pastdargʻom tumanidagi "D.S" oilaviy korxonasida nazorat tadbiri oʻtkazildi.
Oʻrganish davomida maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qishki mavsum uchun koʻmir yetkazib berishda foydalanilayotgan 60 tonnalik avtomobil tarozisi metrologik tekshiruvdan oʻtkazilmagani aniqlandi.
Mazkur holat qonunchilik talablariga zid boʻlib, isteʼmolchilar huquqlari buzilishiga sabab boʻlishi mumkin.
Aniqlangan qonunbuzilish holati yuzasidan korxona rahbariga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga yuborildi.
Pastdargʻom tuman sudi tomonidan korxona rahbariga maʼmuriy jarima jazosi tayinlandi.
Eslatma: oʻlchash vositalaridan foydalanishda ularning belgilangan tartibda metrologik tekshiruvdan oʻtkazilgan boʻlishi shart.





