Eng koʻp YTH sodir boʻlgan hududlar maʼlum qilindi
Bu borada Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda. Sirdaryo soʻnggi oʻrinni egalladi.

Oʻzbekistonda 2026 yilning yanvar—sentabr oylarida 3391 ta yoʻl-transport hodisasi qayd etilgan.
Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. YTHlar oqibatida jabrlanganlar soni 5 581 nafarni tashkil etdi. Statistikada halok boʻlganlar soni keltirilmagan.
Hududlar kesimida YTHlar soni:
Samarqand viloyati — 471 ta;
Toshkent viloyati — 459 ta;
Toshkent shahri — 458 ta;
Namangan viloyati — 342 ta;
Fargʻona viloyati — 340 ta;
Andijon viloyati — 219 ta;
Qashqadaryo viloyati — 215 ta;
Surxondaryo viloyati — 199 ta;
Jizzax viloyati — 145 ta;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 140 ta;
Xorazm viloyati — 127 ta;
Navoiy viloyati — 117 ta;
Buxoro viloyati — 82 ta;
Sirdaryo viloyati — 77 ta.
Eng koʻp yoʻl-transport hodisasi Samarqand viloyatida — 471 ta, eng kami esa Sirdaryo viloyatida — 77 ta qayd etilgan.





