platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Endi uy uchun toʻlangan pullar toʻgʻridan-toʻgʻri quruvchiga emas, eskrou hisobiga tushadi

Qonunchilik palatasi deputatlari tegishli qonun loyihasi koʻrib chiqib, Senatga yubordi. Developer faqat Yagona informatsion tizimda roʻyxatdan oʻtgan, bank bilan bosh bitim tuzgan va loyiha deklaratsiyasini eʼlon qilgan taqdirdagina aholi mablagʻlarini jalb qila oladi.

Endi uy uchun toʻlangan pullar toʻgʻridan-toʻgʻri quruvchiga emas, eskrou hisobiga tushadi

Qonunchilik palatasida "Koʻp kvartirali uylar va boshqa koʻchmas mulk obʼektlarini ulush kiritish asosida qurish toʻgʻrisida"gi qonun loyihasi koʻrib chiqilib, Senatga yuborildi.

Asosiy yangiliklar va himoya mexanizmlari:

- ulushdorlar mablagʻlari toʻgʻridan-toʻgʻri quruvchiga emas, bankdagi eskrou hisobiga tushadi va uy foydalanishga topshirilgachgina quruvchiga oʻtkaziladi. Developer faqat Yagona informatsion tizimda roʻyxatdan oʻtgan, bank bilan bosh bitim tuzgan va loyiha deklaratsiyasini eʼlon qilgan taqdirdagina aholi mablagʻlarini jalb qila oladi.

- Ulushli ishtirok etish shartnomasi notariusda tasdiqlanib, davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi. Bu uy-joyni takroran sotish va noqonuniy bitimlarning oldini oladi.

- Quruvchi qonunga zid ravishda pul jalb qilsa, ulushdor mablagʻni qaytarishni va undan foydalanilgani uchun foiz toʻlanishini talab qilish huquqiga ega boʻladi.

- Zarur hollarda bank yoki quruvchini almashtirish hamda moliyalashtirishni uzluksiz davom ettirish mexanizmlari joriy etilmoqda.

- Loyiha va quruvchi haqidagi barcha maʼlumotlar Yagona informatsion tizimga joylashtiriladi.

Qonun kuchga kirganidan keyin qurilishiga ruxsatnoma olingan obʼektlarga nisbatan tatbiq etilishi belgilandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid