platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

12 yil qidiruvda boʻlgan shaxs AQShdan Oʻzbekistonga olib kelindi

Hozirda mazkur fuqaro Jizzax shahar prokuraturasiga topshirilgan.

12 yil qidiruvda boʻlgan shaxs AQShdan Oʻzbekistonga olib kelindi

12 yildan buyon qidiruvda boʻlgan shaxs AQShda qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga olib kelindi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 1978 yilda tugʻilgan Yu.N. Jinoyat kodeksining 223-moddasi 2-qismi "g" bandida nazarda tutilgan jinoyat (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga kirish)ni sodir etganlikda ayblanib, 2014 yildan buyon qidiruvda boʻlgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida u AQShda qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga olib kelingan.

Hozirda mazkur shaxs Jizzax shahar prokuraturasiga topshirilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tergovdan yashirinib yurgan shaxslarni qidirish va ularni Oʻzbekistonga qaytarish ishlarini davom ettirmoqda, deyiladi xabarda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid