platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Toshkentda giyohvandlik moddalarini tarqatgan er-xotin qoʻlga olindi

Sergeli tumanida Spark avtomobilida "zakladka" usulida giyohvandlik moddalarini tarqatib kelgan er-xotin va ularning sherigi ushlandi. 

Toshkentda giyohvandlik moddalarini tarqatgan er-xotin qoʻlga olindi

Toshkentda giyohvandlik moddalarini tarqatgan er-xotin ushlandi.

Sergeli tumanida Spark avtomobilida "zakladka" usulida giyohvandlik moddalarini tarqatib kelgan er-xotin va ularning sherigi qoʻlga olingan. Ulardan 50 ta oʻramda "gashish" topilgan. Ijaradagi xonadonida esa yana 450 gramm "gashish" va 100 gramm "mefedron" aniqlangan.

Toshkent viloyatining Qibray tumanida ham "zakladchik" sifatida faoliyat yuritgan shaxs aniqlangan. Uning avtomobilidan "gashish" topilgan.

Shuningdek, Mirzo Ulugʻbek tumanida internet-avtodoʻkonni boshqargan shaxs va uning sherigi ham qoʻlga olingan. Ularning xonadonidagi ikkita plastik idishdan 2 kg "opiy" va 40 gramm "gashish" topilgan.

Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid