Toshkentda chiqindilarni yuqoridan uloqtirgan quruvchi tashkilotga chora koʻrildi
Qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan tashkilotdan kamchilikni zudlik bilan bartaraf etish va chiqindilarni xavfsiz tushirish uchun maxsus quvurlar oʻrnatish talab etilgan.

Toshkentda chiqindilarni yuqoridan uloqtirgan quruvchi tashkilotga chora koʻrildi. Holat videosi turli ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi nazorati inspeksiyasi holatni nazoratga olganini bildirdi.
Qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan tashkilotdan kamchilikni zudlik bilan bartaraf etish va chiqindilarni xavfsiz tushirish uchun maxsus quvurlar oʻrnatish talab etilgan.
Inspeksiya boshqa qurilish tashkilotlariga ham shaharsozlik qoidalariga rioya qilish zarurligini eslatmoqda.




