platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Termizga ketayotgan yoʻlovchi poyezdga “Spark” urildi

"Spark" haydovchisi svetoforning taqiqlovchi ishorasi va ogohlantiruvchi ovozli signal ishlab turganiga qaramay yoʻlovchi poyezdining vagoniga kelib urilgan.

Termizga ketayotgan yoʻlovchi poyezdga “Spark” urildi

Termizga ketayotgan poyezd ishtirokida YTH yuz berdi. "Oʻzbekiston temir yoʻllari" haydovchi va piyodalarni xavfsizlik qoidalariga rioya qilishga chaqirdi.

Murojaatda bugun, 9 noyabr kuni soat 02:55 da Termiz – Gʻalaba bekatlari oraligʻidagi qoʻriqlanadigan kesishmada toʻqnashuv sodir boʻlgani aytib oʻtilgan.

Kompaniya maʼlumotiga koʻra, "Spark" avtomobili haydovchisi svetoforning taqiqlovchi ishorasi va ogohlantiruvchi ovozli signal ishlab turganiga qaramay Gʻalaba – Termiz yoʻnalishida harakatlanayotgan 3601-sonli yoʻlovchi poyezdining beshinchi vagoniga kelib urilgan. Hodisa oqibatida avtomobil haydovchisi tan jarohati olmagan.

Oʻrganishlar davomida temir yoʻl kesishmasidagi signal belgilari tegishli yoʻriqnoma talablari asosida oʻrnatilgani, ular soz holatda ishlayotgani hamda kesishma yoritish tizimi bilan taʼminlangani va yoritish vositalari ishchi holatda ekani aniqlangan.

Shuningdek, temir yoʻl kesishmasining texnik holati tekshirilganda, barcha tegishli qurilma va jihozlar soz holatda ekani qayd etilgan.

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" birgina eʼtiborsizlik inson hayoti va salomatligiga jiddiy xavf tugʻdirishi mumkinligini eslatib oʻtgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid