platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Siyosat

“Soʻz ixtilof emas, balki oʻzaro anglashuv manbai boʻlishi lozim” — Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi dezinformatsiyaga qarshi kurashish milliy xavfsizlik darajasidagi masalaga aylanganini taʼkidladi. Uning qayd etishicha, feyk va dipfeyklar koʻpayib borayotgan sharoitda axborot hujumlari davlatlar va xalqlar oʻrtasida ixtilof keltirib chiqarmasligi kerak.

“Soʻz ixtilof emas, balki oʻzaro anglashuv manbai boʻlishi lozim” — Sherzod Asadov

Toshkentda OʻzA va TASS hamkorligida tashkil etilgan III Oʻzbekiston–Rossiya media forumida 200 dan ortiq ishtirokchi jam boʻldi. Tadbirda soʻzga chiqqan Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ikki davlat rahbarlari oʻrtasidagi oʻzaro ishonch va strategik sheriklik media sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilayotganini taʼkidladi.

Forumda Oʻzbekiston media sohasida soʻnggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar va ularning natijalari haqida ham soʻz yuritildi. Mamlakatdagi 2700 ta OAVning 67 foizi xususiy sektorga tegishli, internet qamrovi 94 foizga yetgan, faol kontent isteʼmolchilari soni 32,7 milliondan oshgan.

“Soʻz ixtilof emas, balki oʻzaro anglashuv manbai boʻlishi lozim” — Sherzod Asadov

Shuningdek, joriy yilda 15 ming nomdagi kitob 60 milliondan ortiq nusxada chop etilgan. Kontent markazi tayyorlagan 26 mingdan ziyod mediamahsulot qariyb 2 milliard marta tomosha qilingan, Markaziy Osiyoda ilk Milliy mediabank ishga tushirilgan.

Prezident matbuot kotibi dezinformatsiyaga qarshi kurashish milliy xavfsizlik darajasidagi masalaga aylanganini taʼkidladi. Uning qayd etishicha, feyk va dipfeyklar koʻpayib borayotgan sharoitda axborot hujumlari davlatlar va xalqlar oʻrtasida ixtilof keltirib chiqarmasligi kerak.

“Soʻz ixtilof emas, balki oʻzaro anglashuv manbai boʻlishi lozim” — Sherzod Asadov

Sherzod Asadov Oʻzbekiston va Rossiya media hamkorligining toʻrtta ustuvor yoʻnalishini ilgari surdi. Bular — qoʻshma jurnalistika maktablari va stajirovkalar tashkil etish, axborotni tekshirishning umumiy standartlarini yaratish, sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar boʻyicha qoʻshma ishlanmalar hamda jurnalistlar, blogerlar va tahririyatlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni kuchaytirishdan iborat.

Nutqi yakunida Sherzod Asadov forum yangi hamkorlar topish va qoʻshma loyihalarni boshlash uchun amaliy maydon boʻlishiga ishonch bildirib, Alisher Navoiyning “Kimki doʻst topsa, xazina topibdi” degan hikmatini keltirdi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid