platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Reklama qonunchiligini buzgan 12 bloger javobgarlikka tortildi

Shuningdek, respublikada keng jamoatchilikka tanilgan qoʻshiqchilar, aktyor va aktrisalar hamda sportchilarning roʻyxati shakllantirilib, ularning ijtimoiy tarmoqlardagi reklamaga oid chiqishlari ham muntazam monitoring qilinmoqda. 

Reklama qonunchiligini buzgan 12 bloger javobgarlikka tortildi

Raqobat qoʻmitasi blogerlar va mashhur shaxslarni reklama qonunchiligiga qatʼiy rioya qilishga chaqirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan 110 nafar bloger roʻyxati shakllantirilib, ularning sahifalarida joylashtirilayotgan reklama materiallari Raqobat qoʻmitasi tomonidan kunlik tartibda monitoring qilib borilmoqda.

Monitoring natijalariga koʻra, 12 nafar bloger tomonidan reklama qonunchiligi talablariga zid boʻlgan reklama axborotlari joylashtirilgani aniqlandi. Aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlik choralari qoʻllanildi.

Shuningdek, respublikada keng jamoatchilikka tanilgan qoʻshiqchilar, aktyor va aktrisalar hamda sportchilarning roʻyxati shakllantirilib, ularning ijtimoiy tarmoqlardagi reklamaga oid chiqishlari ham muntazam monitoring qilinmoqda.

Raqobat qoʻmitasi reklama beruvchilar, reklama tayyorlovchilar va tarqatuvchilar, shu jumladan, blogerlar hamda mashhur shaxslarni reklama materiallarini joylashtirishda “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga qatʼiy amal qilishga chaqirdi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid