platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Prezident bankomatlarga boʻlgan talabni hisob-kitob qilishni topshirdi

Andijonda ofis texnikasi va tayyor kabel toʻplamlari, Toshkent shahrida serverlar, interaktiv panellar va sensorli datchiklar, Qashqadaryoda televizorlar uchun elektron platalar kabi yuqori qoʻshilgan qiymatli elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha loyihalarni yoʻlga qoʻyish vazifasi belgilandi.

Prezident bankomatlarga boʻlgan talabni hisob-kitob qilishni topshirdi

Ichki bozorda bankomatlarga ham talab katta. Oʻtgan yili mamlakatimizda 9 mingta bankomat xarid qilinib, 50 million dollardan ortiq mahsulot import qilingan. Savdo va koʻngilochar majmualar, yangi uy-joy massivlarining koʻpayishi bilan mazkur ehtiyoj yana ortadi.

​Shu munosabat bilan bankomatlarga boʻlgan talabni hisob-kitob qilish, texnologiya va investorlarni jalb etib, ularni mahalliy ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish imkoniyatlarini oʻrganish vazifasi qoʻyildi.

​Shu kabi imkoniyatlar Toshkent viloyatida energiya batareyalari va elektronika uchun yupqa mis folgasi, Jizzaxda elektromobillar uchun invertorlar va zaryadlash qurilmalari, Namanganda suv nasoslari uchun energiya tejamkor elektr dvigatellar, Qoraqalpogʻistonda serverlar uchun uzluksiz elektr taʼminoti va sovitish tizimlari ishlab chiqarish yoʻnalishlarida ham mavjud.

​Yigʻilishda Andijonda ofis texnikasi va tayyor kabel toʻplamlari, Toshkent shahrida serverlar, interaktiv panellar va sensorli datchiklar, Qashqadaryoda televizorlar uchun elektron platalar kabi yuqori qoʻshilgan qiymatli elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha loyihalarni yoʻlga qoʻyish vazifasi belgilandi.

​Davlatimiz rahbari ichki bozor talabini qoplash bilan birga bunday mahsulotlar hisobiga eksport hajmini 5 milliard dollarga yetkazish imkoniyati borligini qayd etdi.

​Prezidentimiz uchrashuvda ishtirok etayotgan 10 dan ortiq xorijlik investor va 100 dan ziyod mahalliy tadbirkorlarni yuqori qoʻshilgan qiymatli yangi loyihalar bilan faol ishtirok etishga chaqirdi.

​Mamlakatimizda yuqori texnologiyali sanoatni rivojlantirish uchun zarur poydevor shakllanmoqda. Toʻqimachilik, metallni qayta ishlash, qurilish va boshqa sohalar uchun texnologik uskunalar chiqaradigan oʻnlab korxonalar paydo boʻldi. Ohangaron texnoparkida mikroprotsessor modullari ishlab chiqarilmoqda, koreyalik hamkorlar bilan Toshkent shahrida robotlar ishlab chiqarish loyihasi boshlangan.

​Bunday korxonalarni koʻpaytirish orqali iqtisodiyot tarmoqlarini zamonaviy uskunalar, sanoat robotlari va elektronika mahsulotlari bilan taʼminlaydigan yaxlit ekotizimni shakllantirish maqsad qilingan.

​Shu bois, Nurafshon shahrida “Kelajak texnologiyalari markazi” tashkil etiladi. Markaz korxonalariga IT-park rezidentlari bilan bir xil imtiyozlar beriladi. Robotlar, elektronika va texnologik uskunalar ishlab chiqarish uchun zarur xomashyo hamda butlovchi qismlar import bojidan ozod etiladi. Ushbu yoʻnalishdagi ilmiy ishlanmalardan olingan daromadga soliq solinmaydi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid